OCHL-2021. Birinchi kungi barcha o‘yinlarda urilgan gollar va xavfli vaziyatlar

OCHL-2021. Birinchi kungi barcha o‘yinlarda urilgan gollar va xavfli vaziyatlar
Kecha OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan dastlabki 6 uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston chempioni \"Paxtakor\" klubi Eronning \"Traktor\" klubi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynaganidan xabaringiz bor. Ushbu guruhdan o‘rin olgan ikkinchi bahsda BAAning \"Sharja\" klubi Iroqning \"Eyr Fors\" klubini 1:0 hisobida taslim qildi. \"Sharja\" safida o‘zbekistonlik Otabek Shukurov doimgidek to‘liq o‘ynadi.

\"B\" guruhi
\"Paxtakor\" - \"Traktor\" 3:3
Gollar:
Cheran 69, Muhitdinov 75, Erkinov 82 - Dejaga 53 penalti, Abboszoda 56, 85 penalti.

\"Sharja\" - \"Eyr Fors\" 1:0
Gol:
Ba Vazir 62.

\"D\" guruhida ikkala bahsda ham durang qayd etildi. Iordaniyaning \"Al Vihdat\" klubi Saudiya Arabistoni vakili \"Al Nassr\"dan ochko tortib oldi - 0:0. Xavi boshchiligidagi \"Al Sadd\" esa Eronning \"Fulad\" jamoasi bilan durang o‘ynadi - 1:1.

\"D\" guruhi
\"Al Vihdat\" - \"Al Nassr\" 0:0


\"Al Sadd\" - \"Fulad\" 1:1
Gollar:
Abdurisag 89 - Chimba 61.

\"E\" kvartetida Eronning \"Persepolis\" klubi BAAning \"Al Vahda\"sini 1:0 hisobida taslim qildi. O‘z tarixida ilk bor guruh bosqichida ishtirok etayotgan Hindiston chempioni \"Goa\" klubi esa sensatsion tarzda Qatarning \"Al Rayan\" klubi bilan durang o‘ynadi - 0:0.

\"E\" guruhi
\"Persepolis\" - \"Al Vahda\" 1:0
Gol:
Said Jalol Hussayni 40.

\"Goa\" - \"Al Rayan\" 0:0
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.