Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi
Xozirgina Sankt-Peterburg shahrida start olgan boks bo‘yicha \"Gubernator kubogi\" turnirida ilk bokschimiz o‘z jangini o‘tkazdi.
Ya’ni, -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov hindistonlik Muhammed Hassamuddinga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi va yakunda hamyurtimiz g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bugungi kun dasturidan yana bir vakilimiz Fanat Qahramonov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Unga Belarus vakili Vitaliy Bondarenko raqiblik qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.