UEFAdan Superligaga qarshi zarba: “ECHL byujeti 7 mlrd yevroga ko‘tarilishi mumkin”

UEFAdan Superligaga qarshi zarba: “ECHL byujeti 7 mlrd yevroga ko‘tarilishi mumkin”
UEFA Britaniya investitsion fondi bilan Chempionlar Ligasi byujetini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
RMC Sport manbasiga ko‘ra, tashkilot turnirning boshlang‘ich byujetini 4,5 mlrd yevrodan 7 mlrd yevorga oshirmoqchi. UEFA turnirga Superligada qatnashishdan bosh tortgan Yevropa jamoalarini taklif etmoqchi.

Mazkur loyiha bir necha haftadan beri muhokama qilinmoqda. Xabarda keltirilishicha, reja Chempionlar Ligasi klublari uchun qo‘shimcha daromad olib kelishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning JPMorgan Chase banki Superligaga 3,25 mlrd yevro sarmoya kiritmoqchiligi aytilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.