Neymar "Levante" bilan uchrashuvda almashtirilganidan norozi


\"Barselona\" hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining 23-turida \"Levante\"ga qarshi uchrashuvda (5:0) almashtirildi.
Futbolchi ushbu uchrashuvda \"xet-trik\"ga erishgan Messining to‘p oshirishidan so‘ng hisobni ochdi va 67-daqiqada uning o‘rniga Luis Suares tushirildi.
\"Menga almashtirilish yoqmaydi, chunki har bir daqiqani maydonda o‘tkazishni istayman. Messi esa - shunchaki azamat, u mening maydon va uning tashqarisidagi do‘stim.
Umuman olganda biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Biz o‘z futolimizni ko‘rsatishda davom etishimiz kerak va o‘zimizga bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni bajarishimiz kerak\", - deydi Neymar.
Neymar ushbu mavsum \"Barsa\" safida umumiy 29 uchrashuv o‘tkazdi va 24 gol urdi. Ispaniya chempionatida esa - 20 uchrashuvda 17 gol urgan.
Manba: www.std.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













