Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda o‘tgan jangidagi g‘alabasi uchun qancha gonorar olganini aytdi

Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda o‘tgan jangidagi g‘alabasi uchun qancha gonorar olganini aytdi
Foto: Instagram / @murodjon_akhmadaliev
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) «Aldama meni» ko‘rsatuvida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan jangidagi g‘alabasi uchun qancha gonorar olganini aytdi.

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u mazkur jangdagi g‘alabasi uchun 200 ming AQSH dollari miqdorida gonorar olgan va pullarning barchasini ota-onasiga bergan.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev aprel oyida bo‘lib o‘tgan jangda yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundida nokautga uchratib, o‘z kamarlarini himoya qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.