"Buxoro"da yana o‘zgarishlar yuz beradi...mi?

"Buxoro"da yana o‘zgarishlar yuz beradi...mi?
Aftidan, “Buxoro” klubida yana jiddiy o‘zgarishlar yuz beradiganga o‘xshayapti. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, klubga tajribali mutaxassis kelishi kutilmoqda. Aniqrog‘i, Tojikiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelayotgan Usmon Toshev “Buxoro”da ish boshlashi ehtimoldan holi emas.

Ma’lumki, ushbu mutaxassis buxorlik va futbolchilik davrida ham bir necha yil davomida u yerda to‘p surgan. Shuningdek, murabbiylik faoliyatini ham “Buxoro”da boshlagan.

Aytish mumkinki, u bu safar bosh murabbiylikda emas, balki boshqa lavozimda faoliyat olib borishi ham mumkin. Tez orada barchasiga oydinlik kiritiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.