“Barsa” qolishi kafolatlangan to‘rt yulduzdan voz kechdi

“Barsa” qolishi kafolatlangan to‘rt yulduzdan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati avvalroq jamoada qolishi kafolatlangan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan to‘rt nafar o‘yinchini yozda transferga qo‘yishga qaror qildi. Kataloniyaliklar yozda bu futbolchilar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub tajribali himoyachilar Jerar Pike va Serxio Roberto, tayanch yarim himoyachi  Serji Buskets va hujumchi Antuan Grizmanndan tezroq qutilmoqchi. Chunki, “Barselona” rahbariyati yangi loyihalarni amalga oshirish uchun jamoani sezilarli darajada yoshartiradi.

Eng qizig‘i, transferga qo‘yiladigan bu yulduzlar klub bilan bir necha yillik shartnomaga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.