"Jenoa" mavsum yakuni bo‘yicha qancha miqdorda mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi?

"Jenoa" mavsum yakuni bo‘yicha qancha miqdorda mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi?
\"Jenoa\" klubi Italiya A Seriyasining joriy mavsumini 11-pog‘onada yakunladi. So‘nggi bellashuvlarda genuyaliklar tarkibida harakat qilayotgan Eldor Shomurodov ham o‘zining goleadorlik xususiyatlarini yana bir karra namoyish etdi.

\"Jenoa\" turnirni ushbu o‘rinda yakunlagani uchun A Seriya tashkilotchilari \"griffonlar\" 5,5 mln yevro miqdorida mukofot puli to‘lab beradi.

Chempion \"Inter\"ga liga tomonidan 23,4 mln yevro taqdim etilsa, so‘nggi o‘rinda mavsumni yakunlagan \"Parma\" 900 ming yevro bilan B Seriyaga ravona bo‘ladi.

Avvalroq, Eldor ushbu gollari orqali sobiq klubi \"Rostov\"ga 500 ming yevro ham ishlab bergandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.