Terma jamoadan chaqiruv olmagan Shahboz Umarov BATE safida supergol kiritdi (video)

Terma jamoadan chaqiruv olmagan Shahboz Umarov BATE safida supergol kiritdi (video)
Belarus Oliy Ligasi 11-turida BATE o‘z maydonida “Slaviya Mozir”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan mezbonlar a’zosi Shohboz Umarov 43-daqiqada jarima zarbasini mukammal tarzda amalga oshirdi va chempionatdagi 5-golini urdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchi hisobida 3 ta assist ham bor.

Borisovliklar bugungi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 26 taga yetkazib, peshqadam “Shaxtyor”ni quvishda davom etmoqda. Soligorskliklar hisobida 33 ochko bor.

BATE – \"Slaviya\" 3:0 (2:0, 1:0)
\"Kapskiy-Arena\"
Gollar:
1:0 – 17 Skavish, 2:0 – 43 Umarov, 3:0 – 58 Skavish.
BATE – Chichkan, Ribak (Supranovich, 46), Filipovich, Filipovich, Nechayev, Dragun (Signevich, 68), Karasev (Nosko, 46), Yablonskiy, Umarov (Bessmertniy, 65), Skavish, Milich (Malkevich, 80).
\"Slaviya\" – Baranovskiy, Nedashkovskiy, Shestilovskiy, Timonyuk, Rutskiy, Narx, Juk (Jerdev, 63), Barsukov (Poloz, 68), Slyusar (Rayevskiy, 46), Melnikov (Ndjengo Mandeng, 77), Tettex (Tlupov, 55).
Ogohlantirishlar: Karasev (13), Nedashkovskiy (21), Juk (24), Rutskiy (42), Shestilovskiy (47), Filipovich (53), Nosko (81).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.