O‘zbekistonlik ikki mutaxassis "3 yulduzli murabbiy" sertifikatiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonlik ikki mutaxassis "3 yulduzli murabbiy" sertifikatiga ega bo‘ldi
Avvalroq o‘zbekistonlik ikki murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xodjayev AIBA tomonidan tashkil etilgan murabbiylik kursida taxsil olayotganligi haqida ma’lumot bergandik.

29 may kuni ushbu maxsus tashkil etilgan o‘quv kursi o‘z yakuniga yetdi. Murabbiylarimiz ushbu kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi va belgilangan tartibda o‘zlari uchun atalgan sertifikatlarni qabul qilib olishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu \"3 yulduz\" toifasi yirik xalqaro musobaqalarda texnik tomonlama ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston boks federatsiyasi har ikki murabbiyimizni ushbu e’tirof bilan muborakbod etadi va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.