“Jenoa” yetakchisiga to‘rt yillik shartnoma taklif qiladi

Mavsumni A Seriya musobaqa jadvalining o‘rtasida yakunlagan “Jenoa” rahbariyati “Marsel”dan olib kelingan niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotmanga to‘rt yillik yangi bitim taklif qilib, uni jamoa safida olib qolmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Genuyaliklar 31 yoshli futbolchining maoshini ikki karra oshirishni taklif qilyapti.
Mavsum yarmidan Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylangan niderlandiyalik yarim himoyachi A Seriyada 18 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta golli pas oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda A Seriyada sakkizta golga mualliflik qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Genuyaliklar 31 yoshli futbolchining maoshini ikki karra oshirishni taklif qilyapti.
Mavsum yarmidan Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylangan niderlandiyalik yarim himoyachi A Seriyada 18 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta golli pas oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda A Seriyada sakkizta golga mualliflik qilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













