Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,2 kg) WBA Super va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi o‘tkazishi haqida ma’lumot bergan edik.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha mazkur bahs 28 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kechaning markaziy to‘qnashuvida Xuan Fransisko Estrada Roman Gonsalesga qarshi trilogiya jangini o‘tkazadi.

Boks oqshomi qayerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Tahminiy manzil sifatida Kaliforniyadagi \"Dignity Health Park\" va Los-Anjelesdagi \"Staples Center\" arenalari aytib o‘tilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.