Yevro-2020 qahramoni kim bo‘ldi?

Yevro-2020 qahramoni kim bo‘ldi?
Italiyaning Yevropa chempionligini qo‘lga kiritishiga ulkan hissa qo‘shgan darvozabon Janluiji Donnarumma musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Ayni paytda jamoasiz qolgan Donnarumma Daniya darvozasini qo‘riqlagan Peter Shmeyxeldan keyin qit’a chempionatining eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan ikkinchi posbonga aylandi.

Musobaqa davomida iste’dodli golgiper ikkita penaltilar seriyasida jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

Final uchrashuvida Italiya terma jamoasi inglizlar bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa, Donnarummaning ishonchli o‘yini jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.