"Tokio 2020". 6 gol urilgan o‘yinda Braziliya Germaniyani taslim etdi

"Tokio 2020". 6 gol urilgan o‘yinda Braziliya Germaniyani taslim etdi
Tokiodagi Olimpiadaning futbol bahslari tobora avj pallasiga kirib kelmoqda. Hozirgina, turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Braziliya va Germaniya o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuvda, Janubiy Amerika vakillari to‘liq ustunlik qilishdi. \"Everton\" a’zosi Risharilson nemislar darvozasiga 3 ta gol urib turnir to‘purariga aylanib oldi.

Braziliya U-23 – Germaniya U-23 4:2  
Gollar:
1:0 – 7 Risharlison, 2:0 – 22 Risharlison, 3:0 – 30 Risharlison, 3:1 – 57 Amiri, 3:2 – 84 Axe, 4:2 – 90 Paulino.

Braziliya U-23 – Santos, Diyego Karlos, Arana, Nino, Dani Alves, Duglas Luis, Bruno Gimaraes, Antoni (Paulino, 74), Mateus Kunya, Risharlison (Reyner, 74), Klaudino (Malkom, 65).

Germaniya U-23 – Myuller, Xenrixs, Uduoxay, Raum, Piper (Torunariga, 46), Shtax (Shlotterbek, 81), Arnold, Amiri (Toyxert, 74), Mayer, Rixter (Leven, 68), Kruze (Axe, 68).

Ogohlantirishlar: Piper (26), Arnold (35), Shtax (59), Duglas Luis (83), Xenrixs (86), Torunariga (87).
Chetlatish: Arnold (63).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.