Fanat Qahramonov qozog‘istonlik bokschiga mag‘lub bo‘lib, Olimpiadani tark etdi

Fanat Qahramonov qozog‘istonlik bokschiga mag‘lub bo‘lib, Olimpiadani tark etdi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha -75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fanat Qahramonov 29 iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Qahramonovga 1/8 finalda qozog‘istonlik Abilxan Amankul raqib bo‘ldi. Birinchi raundni Fanat o‘z foydasiga yakunladi. Ikkinchi raund esa Amankulning ustunligida o‘tdi va Qahramonov nokdaun holatiga tushdi. Uchinchi raund ham Qozog‘iston vakili foydasiga yozildi.

Shu tariqa Qahramonov Olimpiya o‘yinlaridagi yurishini to‘xtatdi. Avvalgi bosqichda u gruziyalik Giorgi Xarabadzeni mag‘lub etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.