Suhrob Xo‘jayev Olimpiadalardagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi

Suhrob Xo‘jayev Olimpiadalardagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi
Foto: Alimurod Mamadaminov
Bugun erta tongdan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha saralash bahslariga start berildi. Unda hamyurtimiz Suhrob Xo‘jayev o‘z omadini sinab ko‘rdi.

«A» guruhida ishtirok etgan vakilimiz 71.26 metr natija qayd etdi. Bu uning uchun Olimpiadalarlagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Qayd etish joiz, Xo‘jayev avval London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham qatnashib, 65.88 va 70.11 metr natija ko‘rsatgan edi.

Shu tariqa ushbu guruhda Suhrob so‘nggi pog‘onada (15) qolmoqda. Bir ozdan so‘ng «V» guruhi vakillarining chiqishi yakunlangach, atletimizning yakuniy o‘rni aniq bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.