Tokio-2020. Erkin kurashchimizning raqibi Olimpiadaning amaldagi chempioni

Tokio-2020. Erkin kurashchimizning raqibi Olimpiadaning amaldagi chempioni
Tokio Olimpiadasida kurash bellashuvlari boshlanmoqda. Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz ertaga bahsga kirishadi. 57 kg vazn toifasida G‘ulomjon Abdullayev xitoylik Lyu Minxuga qarshi gilamga chiqadi. Mazkur spoptchi 2019 yilgi Osiyo chempionati kumush medali egasi hisoblanadi.

Shuningdek, 86 kg vaznda ishtirok etadigan Javrail Shapiyevni haqiqiy sinov kutib turibdi. Vakilimiz eronlik Xasan Yazdani qarshiligini sindirishga harakat qilib ko‘radi. Uning raqibi 2016 yilgi Rio Olimpiadasi chempioni, 2 karra Jahon va Osiyo chempionati, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.

Har ikki hamyurtimiz ham o‘z yurishini 1/8 final bosqichidan boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.