Kanchelskis: Rus futbolchilari haqida hamma unutadi, Shomurodov singari insonlar esda qoladi

Kanchelskis: Rus futbolchilari haqida hamma unutadi, Shomurodov singari insonlar esda qoladi
\"Navbahor\" sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Eldor Shomurodovning \"Roma\"ga transferi haqida fikr bildirdi.
\"Bu juda yaxshi, u munosib futbolchi. Eldor ketishdan qo‘rqmadi, \"Jenoa\" misolida tramplindan o‘tdi va top klubga qo‘shildi. Endi u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Joze Mourino qo‘l ostida shug‘ullanadi.

Bizning futbolchilar esa oltin botqoqda o‘tiribdi va ularga hech narsa kerakmas. Shomurodovga esa ofarin. Biznikilarda hammasi yaxshi: ajoyib sharoitlar, \"yog‘li\" shartnomalar. Bu uchun ularni ayblash noto‘g‘ri. Faqat ular haqida barcha unutadi, Shomurodov singari insonlar esda qoladi\", - dedi Andrey Kanchelskis.

Qolaversa, Kanchelskis Valeriy Karpin Eldorning \"Roma\"ga o‘tishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidlab o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.