"Roma" Eldordan so‘ng Sardorni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmun “Roma”ning qizqishlar doirasiga kirib qoldi.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda, rimliklar 26 yoshli eronlik futbolchini “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan Edin Jeko o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
“Roma”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Azmunni “Tottenxem”da ishlab yurgan chog‘laridayoq o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” shuningdek, Aleksandr Lyakazett («Arsenal»), Andrea Belotti («Torino») va Mauro Ikardi (PSJ) variantlarini ham ko‘rib chiqishmoqda.
“Roma” bundan bir necha kun oldin “Jenoa”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Corriere dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda, rimliklar 26 yoshli eronlik futbolchini “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan Edin Jeko o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
“Roma”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Azmunni “Tottenxem”da ishlab yurgan chog‘laridayoq o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” shuningdek, Aleksandr Lyakazett («Arsenal»), Andrea Belotti («Torino») va Mauro Ikardi (PSJ) variantlarini ham ko‘rib chiqishmoqda.
“Roma” bundan bir necha kun oldin “Jenoa”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













