O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabrda Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabrda Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

30 avgustdan 7 sentabrga qadar FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy termasi bu vaqtda Toshkent va Stokgolmda yig‘in o‘tkazadi.

O‘zbekiston mazkur yig‘in doirasida 5 sentabr kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi. Uchrashuv Stokgolmdagi «Friends» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bosh murabbiy bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Shu tariqa Katanes boshqaruvidagi ilk o‘yin nomdor raqibga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Shvetsiya terma jamoasi JCH—2022 saralashi doirasida 2 sentabr kuni Ispaniyaga qarshi, 8 sentabrda Gretsiyaga qarshi o‘ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.