Mourino “Barsa” futbolchisini Rimga olib keladi

Mourino “Barsa” futbolchisini Rimga olib keladi
“Barselona”ning markaziy himoyachisi Kdeman Langle faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun 26 yoshli himoyachini Rimga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Kataloniyaliklar fransiyalik futbolchini 25 million yevro evaziga boshqa klubga qo‘yib yuborishga roziligini bildirgan. “Barsa” o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilarni olish uchun imkon qadar ko‘proq o‘yinchini sotib yuborishga harakat qilyapti.

Kleman Langlening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.