A Seriya. Ronaldusiz «Yuventus» o‘z maydonida musobaqa debyutantiga yutqazdi

A Seriya. Ronaldusiz «Yuventus» o‘z maydonida musobaqa debyutantiga yutqazdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Yuventus» 28 avgust, shanba kuni «Empoli» bilan bahs yuritdi.

Turinda kechgan o‘yin kutilmaganda mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Leonardo Mankuzoning 21-daqiqadagi goli yakunda bellashuv taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa «Yuventus» Krishtianu Ronaldu jamoadan ketgandan keyingi ilk uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 2-turdan keyin 1 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

«Yuventus» – «Empoli» 0:1
Gol:
0:1 – 21 Mankuzo.
«Yuventus» – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Rabo (Bernardeski, 55), Bentankur (Lokatelli, 66), Makkenni (Morata, 46), Kuadrado (De Shilo, 82), Dibala, Keza (Kulusevski, 66).
«Empoli» – Vikario, Stoyanovich, Luperto, Ismayli, Markitssa, Xaas, Bandinelli (Jurkovski, 80), Bayrami (Shtulas, 70), Richchi, Mankuzo (Pinamonti, 73), Kutrone (Henderson, 80).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.