Xabib Ronaldu va Messini solishtirdi

Xabib Ronaldu va Messini solishtirdi
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Messi va Ronaldudan qaysi biri kuchliroqligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Krishtianu bilan do‘stligingizni chetga surgan holda ayting-chi, kim kuchliroq — u yoki Messi?
- Krishtianu yaxshiroq, menimcha. Messi ham juda yaxshi o‘ynaydi, u tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Ular o‘yin bo‘yicha teng, ishtiyoq borasida Krishtianu kuchliroq.
Xabib Ronaldu va Messini solishtirdi
- Krishtianu yoki Ronaldo (\"So‘yloq\")?
- Bolaligim – bu \"So‘yloq\". Keling, ikkalasini ham tanlaylik. Butun umrim davomida uning o‘yinlarini kuzatganman. U uzoq vaqt cho‘qqida bo‘lmadi, ko‘p jarohat olardi. 1996 yildan 2005 yilgacha o‘ynagan. 8-9 yil hammasi yaxshi edi. Krishtianu esa 17 yildan beri yuqori notada. U 2004 yilda Yevro finalida ishtirok etdi, hozir esa 2021 yil, u hali ham gol urmoqda.

Futbolda bunaqa hodisa bo‘lmagan. Messi 2006 yilda boshlagan va 2009 yilda birinchi Chempionlar Ligasini yutgan. Menimcha, Messi 12 yil cho‘qqida edi, Krishtianu esa 17 yildan buyon. Shaxsiy fikrimcha, Krishtianu undan kuchliroq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.