Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi

Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi
Foto: «Daryo»
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida viloyat sha’nini himoya qilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindorlari — Asila Mirzayorova hamda Dovurxon Karamatovlarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etib, Olimpiadaning kumush medali sovrindorlariga avtomobillar, Olimpiada qatnashchisi Nuriddin Davlatovga esa 20 million so‘m pul mukofotini topshirgan.
Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi
Foto: Farruh Fayziyev
Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi
Foto: «Daryo»
«Daryo»ning qo‘shimcha qilishicha, Dovurxon Karamatov o‘ziga berilgan Gentra avtomobilini jamoatchilik oldida otasiga topshirgan.
Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi
Foto: «Daryo»
Tadbirda ta’kidlanishicha, Davurxon Karomatov hamda Asila Mirzayorovalarga Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni ham berilgan.
Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi
Foto: «Daryo»
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio—2020 Paralimpiadasi sovrindorlariga Tahoe, Traverse, Trailblazer avtomobillari va Toshkent shahridan uylar topshirilgani xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.