Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik"

Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik"
\"Metallurg\" katta murabbiyi Artyom Petrosyan \"Nasaf\"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
— Birinchi navbatda, yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi taymda 10 kishi bo‘lib qolganimizga qaramasdan, oxirigacha kurashishdi. Penaltidan gol urolmadik, lekin bu — futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi.

\"Nasaf\" – tezkor va yaxshi tarkibga ega jamoa. Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz futbolchilariga ikkinchi bo‘limdagi harakatlari uchun tashakkur.

— Darvozabon yaxshi harakat qildi...
— Darvozabonning vazifasi o‘zi shu, u qutqarishi kerak. Ikkita qiyin vaziyatda zo‘r o‘ynadi va jamoamiz joniga ora kirdi.

— \"Metallurg\" o‘tgan yilga qaraganda yomonroq o‘ynamoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
— Buni hozir tushuntirib berolmayman, bu uzoq vaqtni talab qiladi. O‘ylaymanki, o‘tgan yilgi yetakchilarning jamoani tark etgani ta’sir qildi.

— Jasur Abduraimov iste’fosi bo‘yicha izoh berolasizmi?
— Bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov betob. O‘zingiz ko‘rdingiz, zaxira o‘rindig‘ida ispaniyalik janob Luis Manuel Ernandes o‘tirdi. U kishi bizga yordam bermoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.