Pekin-2022. Qishki olimpiada sovrindorlari qanaqa medallar bilan taqdirlanishadi?

Pekin-2022. Qishki olimpiada sovrindorlari qanaqa medallar bilan taqdirlanishadi?
Foto: «Beijing2022.cn»
Pekin Qishki olimpiya va paralimpiya o‘yinlari tashkilotchilari sovrindorlarga topshiriladigan medallar taqdimotini o‘tkazishdi.

Medallarning yuza qismida besh halqa va olimpiadaning ingliz tilidagi to‘liq nomi, ort tomonida ushbu o‘yinlar emblemasi va xitoycha nomlanishi aks ettirilgan.

O‘yib tushirilgan 24 nuqta ham O‘yinlarning tartib raqamini, ham «cheksiz yulduzli osmon» hamda «inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik»ni ifodalaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy poytaxti XXIV Qishki olimpiya o‘yinlarini 2022 yilning 4—20 fevral kunlari o‘tkazadi, paralimpiya o‘yinlari esa 4—13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.