Mourinyu: "Ertaga boshqacha tarkib maydonga tushadi"

Mourinyu: "Ertaga boshqacha tarkib maydonga tushadi"
Payshanba oqshomida \"Roma\" Konferensiya ligasi doirasida o‘z uyida \"Budyo-Glimt\"ga qarshi maydonga tushadi.
Ikki hafta oldin jamoalar Norvegiyada to‘qnash kelishgan va Joze Mourinyu shogirdlari 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiy o‘sha o‘yinni yodga oldi.

\"O‘shanda hammamiz xato qilganmiz. Men bunda aynan kimdir ajratib ko‘rsatmoqchi emasman. Biz jamoa bo‘lib mag‘lub bo‘ldik, ertaga esa jamoa bo‘lib g‘alaba qozonishni istaymiz.

Ertaga biz boshqacha tarkibda maydonga tushishimiz aniq. Birinchi o‘yinda ko‘p narsadan cho‘chidim: maydon, futbolchilardagi charchoq va hokazo. Men xato qildim, hammamiz xato qildik
\", - dedi Mourinyu.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiyadagi 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat Joze Mourinyu uchun faoliyatidagi eng yirigi bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.