Tezkor! "Barselona" futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin

Tezkor! "Barselona" futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin
\"Barselona\" hujumchisi Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini yakunlanishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchika yurak aritmiya tashhisi qo‘yilgan. Aritmiya – yurak urishining chastotasi, ritmi va izchilligining buzilishidir.

Shuni inobatga olgan holda, argentinalik futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda \"Diario Sport\" nashri xabar berdi.

Qayd etish joiz, u \"Alaves\"ga qarshi o‘yindan so‘ng yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli, shifohonaga yotqizildi.

Kataloniya klubi uni 3 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi. Bu davr mobaynida 33 yoshli forvard maydonga qaytish yoki qaytmasligini hal qilish uchun maxsus muolaja oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.