"Navbahor"ning short listi katta, hokim Babayan bilan yangi "Navbahor"ni qurmoqchi

"Navbahor"ning short listi katta, hokim Babayan bilan yangi "Navbahor"ni qurmoqchi
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov \"Navbahor\" futbolchilari bilan uchrashgan. Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, klubning 2022 yil uchun rejalari katta. Samvel Babayan Serbiyadan o‘zi yangi futbolchilarni ko‘rib, tanlab kelishni maqsad qilgan. Kanchelskis masalasi hal bo‘lgach, klub transferlarga zo‘r bermoqchi.

O‘zbekiston chempionatidan klub Nurillo To‘xtasinov, Dragan Cheran, Odil Hamrobekov, Yovan Jokich kabi futbolchilarga og‘iz solishni maqsad qilgan.
"Navbahor"ning short listi katta, hokim Babayan bilan yangi "Navbahor"ni qurmoqchi
\"Navbahor\"dan tashqari, \"Qo‘qon-1912\" va \"Surxon\" jamoalarining ham moliyaviy holatlari boshqalarga nisbatan ancha yaxshi bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar yo‘q emas. Qolaversa, Shavkat Abdurazzoqov va Xayrulla Bozorov o‘rtasida haqiqiy futbol derbisini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Aftidan, \"Neftchi\" va \"Navbahor\" o‘rtasidagi tarixiy ehtirosli o‘yinlarni yana bir bor tomosha qilish arafasidamiz.

Yana bir aniq ma’lumot shundan iboratki, Samvel Babayan bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan va u jamoani 2022 yil bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.