Shomurodov maydonga tushmagan bahsda "Roma" Turin klubini mag‘lub etdi

Shomurodov maydonga tushmagan bahsda "Roma" Turin klubini mag‘lub etdi
Italiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan \"Roma\" va \"Torino\" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 32-daqiqada Temmi Abraxam tomonidan urildi. Mixitaryanning uzatmasidan so‘ng hujumchi to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Rimliklar ustozi Joze Mourino bu bellashuvda legionerimiz Eldor Shomurodov xizmatidan foydalanmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin \"bo‘rilar\" ochoklar sonini 25taga yetkazib, 5-o‘rinni band etib turibdi.

\"Roma\" — \"Torino\" 1:0
Gol
: 1:0 – 32 Abraxam.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Mxitaryan, Pellegrini (Karles Peres, 15; Kumbula, 90), Diavara, Dzanolo, Abraxam, El-Shaaravi (Vinya, 88).
Torino – Milinkovich-Savich, Singo, Djidji (Zima, 46), Buondjorno (Bazelli, 77), Bremer, Voyvoda (Dzadza, 77), Prat (Pyatsa, 77), Brekalo, Lukich, Pobega, Belotti (Sanabriya, 79).
Ogohlantirishlar: Zima (54), Rojer (90), Kumbula (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.