Ro‘ziqul Berdiyev endi "faxriy professor"!

Ro‘ziqul Berdiyev endi "faxriy professor"!
O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan “Nasaf” klubi uchun Qarshida turli tadbirlar uyushtirilyapti. Jumladan, bugun Qarshi davlat universitetida g‘oliblar bilan o‘ziga xos uchrashuv tashkil etildi va talabalarga Kubok namoyish etildi. Unda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, futbolchilar – Oybek Bozorov, Jo‘rabek Mannonov, Alibek Davronov, Jasur Jumayev va Akmal Mozgovoy ishtirok etdilar.
Ro‘ziqul Berdiyev endi "faxriy professor"!
Ushbu tadbirda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev universitet kengashining qaroriga asosan “Faxriy professor” unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qarshi davlat universitetining yangi o‘yingohi ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Ramziy ma’no sifatida yangi stadiondagi birinchi bellashuvni Ro‘ziqul Berdiyev, universitet rektori Dilmurod Nabiyev va Qashqadaryo futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shuhrat Egamberdiyev boshlab berishdi.

Ushbu tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi va Kubok sohiblari bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.