Shomurodovni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin!

Shomurodovni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin!
“Roma” 2021 yil taqvimidan o‘rin olgan o‘yinlarini tugatdi. E’tiborli jihati, rimliklarning yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvida ham, oxirgi o‘yinida ham Eldor Shomurodov gol urdi.

Esingizda bo‘lsa, hujumchimiz “Roma”dagi ilk rasmiy o‘yinini UYEFA Konferensiyalar ligasi pley-off raundida “Trabzonspor” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va Turkiyadagi bahsda to‘p kiritib, rimliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi.

Nihoyat, yilning oxirigi to‘qnashuvida legionerimiz “Sampdoriya” darvozasini ishg‘ol qildi.

E’tiboringizga Shomurodovning “Sampdoriya”ga qarshi o‘yini borasida “Roma” klubi muxlislarining ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikr-mulohazalarini havola qilamiz.
Shomurodovni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin!
Bernard Harris: Bu galgi o‘yinimiz avvalgi turda “Atalanta” ustidan qozonilgan g‘alaba katta omad bo‘lganini ko‘rsatib qo‘ydi. Jamoamizning eng qimmatbaho va katta maosh oluvchi o‘yinchisi Temmi Abraxam to‘pga o‘ynashdan ko‘ra, ko‘p gapirish va maydonda yiqilishni yaxshi uddalayapti. Eldorni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin! Shomurodov va Dzanolo olg‘a!

Good Imperia: Eldor, omadingni bersin!

Bonifacio Prezzolatino: Baxtimizga O‘zbekiston bor ekan!

Gabriele GP: “Roma” hujumkor jamoalar bilan yaxshi o‘ynayapti. Himoyalanadigan raqibga qarshi Shomurodov kabi hujumchining yordamini kutishiga to‘g‘ri kelmoqda. Gol darvoza burchagidagi harakatlar evaziga kiritildi. Endi bor umidimiz yangi transferlardan.

Andrea Polce: “Roma” futbolchilaridan faqat Shomurodov va Kris Smolling yuqori ballga loyiq o‘ynadi.
Shomurodovni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin!
Alessandro Casesa: Bu gal ochko yo‘qotilishida Mourinoni ayblayman. Yarim himoyaga tezligi yo‘q Kristanteni qo‘ydi. “Sampdoriya” hujum qilishini bilgan holda tezkor o‘yinchilar – Feliks, Shomurodov yoki El-Shaaravini boshlang‘ich tarkibda tushirish kerak edi.

Adriano Rossi: Hafsalam pir bo‘ldi. Atigi to‘rtta zarba. Faqat Shomurodov gol urishni uddaladi. Oxirgi 20 daqiqa ustunlikni ko‘rdik xolos.

Gabriele Anedda: Shomurodov va El-Shaaravi tushganidan keyin hisobni ochdik. Bu yaxshi ko‘rsatkichmi?

Simone Volponi: Yanvardan boshlab Shomurodovni ko‘proq o‘ynatinglar!
Shomurodovni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin!
“Roma” 2022 yildagi ilk uchrashuvini A Seriyaning 20-turida “Milan”ga qarshi o‘tkazadi. Raqib maydonida bo‘ladigan uchrashuv 6 yanvarga belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.