"Arsenal"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi "Roma"ga o‘tdi

"Arsenal"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi "Roma"ga o‘tdi
Rimning \"Roma\" jamoasi o‘z safiga yangi futbolchini qo‘shib oldi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, \"Arsenal\" yarim himoyachisi Enzli Meytlend-Naylz faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi. Angliyalik xavbek mavsum so‘ngiga qadar \"bo‘rilar\" sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Meytlend-Naylz joriy mavsum \"kanonirlar\" libosida 11 uchrashuvda 1 assist muallifiga aylandi. U kelib qo‘shilgan Eldor Shomurodov jamoasi A Seriya turnir jadvalida 7-pog‘onani band etib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.