Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangiga buyruq berildi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangiga buyruq berildi
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev yana himoya jangini o‘tkazishi kerak. Aniqrog‘i, IBF tashkiloti majburiy da’vogar filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangga buyruq berib, muzokaralar olib borish uchun 2 fevralga qadar muddat belgiladi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan va bir necha haftada yakunlanishi kutilmoqda.
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangiga buyruq berildi
Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda, jangni tashkil qilish uchun ochiq promouterlik savdosi o‘tkaziladi.

Sobiq WBO chempioni hisoblangan Tapales (35-3, 18KO) 2021 yil 11 dekabr kuni eliminator jangida yaponiyalik Hiroaki Teshigavani 7-raundda nokautga uchratgan holda g‘alaba qozonib, majburiy da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u oldinroq Murodjon Ahmadaliyevning sobiq raqibi Ryosuke Ivasadan muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan.

Ahmadaliyev (10-0, 7KO) o‘zining oxirgi bahsida chililik Hose Velaskesdan ochkolar hisobida ustun kelgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.