2021 yilning eng qimmat transferlari e’lon qilindi

Foto: SF
FIFA belgiyalik futbolchi Romelu Lukakuning «Inter» (Italiya)dan «Chelsi» (Angliya)ga o‘tishini 2021 yilning eng qimmat transferi, deb e’lon qildi.

Lukaku 2021 yilning avgustida «Chelsi» futbolchisiga aylangandi. Transfer qiymati €115 mln.ni tashkil etgandi.

Ikkinchi qimmat transfer — Jeydon Sanchoning «Borussiya» (Dortmund)dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi — €85 mln.

Uchinchi o‘rinda — «Inter»dan «PSJ»ga €60 mln.ga o‘tgan Ashraf Hakimiy.
FIFA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yil davomida jami 54 739 ta transfer amalga oshgan, shundan 19 372 tasi professional erkaklar va ayollar futbolida, 35 367 tasi havaskorlar futbolida amalga oshgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!FIFA belgiyalik futbolchi Romelu Lukakuning «Inter» (Italiya)dan «Chelsi» (Angliya)ga o‘tishini 2021 yilning eng qimmat transferi, deb e’lon qildi.

Lukaku 2021 yilning avgustida «Chelsi» futbolchisiga aylangandi. Transfer qiymati €115 mln.ni tashkil etgandi.

Ikkinchi qimmat transfer — Jeydon Sanchoning «Borussiya» (Dortmund)dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi — €85 mln.

Uchinchi o‘rinda — «Inter»dan «PSJ»ga €60 mln.ga o‘tgan Ashraf Hakimiy.
FIFA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yil davomida jami 54 739 ta transfer amalga oshgan, shundan 19 372 tasi professional erkaklar va ayollar futbolida, 35 367 tasi havaskorlar futbolida amalga oshgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













