O‘zbekiston MTJning o‘rtoqlik o‘yinidagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil qilmoqda. Vakillarimiz 23 yanvar - yakshanba kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
- Ayni vaqtda BAAda yig‘inni davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakshanba kuni \"Al Vahda\" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan, - dedi Alisher Nikimbayev.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalangan Yaponiyaga qarshi \"kunchiqar yurt\" davlatidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilingandi. Ammo terma jamoamiz Dubayda 27 yanvarda Bahrayn, 1 fevralda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- Ayni vaqtda BAAda yig‘inni davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakshanba kuni \"Al Vahda\" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan, - dedi Alisher Nikimbayev.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalangan Yaponiyaga qarshi \"kunchiqar yurt\" davlatidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilingandi. Ammo terma jamoamiz Dubayda 27 yanvarda Bahrayn, 1 fevralda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













