Boks. Bugun ringga ko‘tariladigan juftliklar bilan tanishing

Boks. Bugun ringga ko‘tariladigan juftliklar bilan tanishing
Poytaxtimizda o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun ikkinchi kun bahslari o‘tkaziladi. Ushbu kun dasturida ikki nafar vakilimiz ringga ko‘tarilishi belgilangan.

Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs taxminan 16:45 da boshlanadi. Ikkinchi bokschimizning chiqishi kunning eng so‘nggi dasturiga to‘g‘ri kelmoqda. Unda -91 kg vazn toifasida Javohir Tog‘aymurodov tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi jang qiladi. Bellashuv vaqti taxminan 18:30 ga to‘g‘ri keladi.
Boks. Bugun ringga ko‘tariladigan juftliklar bilan tanishing
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.