O‘zbekiston Afrika jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

O‘zbekiston Afrika jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
O‘zbekiston va Janubiy Sudan terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davomida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. Xususan, 27 yanvar kuni jamoamiz Janubiy Sudan terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.

Avvaldan ushbu sanada Bahrayn terma jamoasi bilan o‘ynash borasida muzokaralar olib borilayotgandi. Biroq Bahrayndagi epidemiologik vaziyat sababli ushbu jamoa BAAdagi yig‘inini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Natijada 27 yanvar kuni Dubayda yig‘inda bo‘lib turgan Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazish borasida o‘zaro kelishuvga erishildi.

O‘yin 18:00 da start oladi va O‘FA rasmiy \"YouTube\" kanali orqali translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.