JCH—2022 yo‘lida. Janubiy Koreya Suriyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

JCH—2022 yo‘lida. Janubiy Koreya Suriyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Osiyo mintaqasida futbol bo‘yicha JCH—2022 saralashi doirasidagi 8-tur bahslari 1 fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Janubiy Koreya terma jamoasi Suriyani 2:0 hisobida taslim etib, ketma-ket o‘ninchi marta Jahon Chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Koreyaliklar mundial yo‘llanmasini hal qilgan Osiyoning ikkinchi mamlakatiga aylandi. Avvalroq Eron JCH—2022 yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan edi.
JCH—2022 yo‘lida. Janubiy Koreya Suriyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Skrin: FIFA
B guruhida vaziyat chigallashdi. Guruh yetakchisi Saudiya Arabistoni safarda Yaponiyaga yengildi. Avstraliya esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Ummon bilan durang o‘ynadi. Bu orqali «kengurular» qiyin ahvolga tushib qoldi, sababi keyingi ikki turda jamoa Yaponiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi.
JCH—2022 yo‘lida. Janubiy Koreya Suriyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Skrin: FIFA
JCH—2022 saralashi, OFK

Suriya — Janubiy Koreya 0:2
Gollar
: 0:1 — 53 Kim Jin Su, 0:2 — 71 Kvon Chan Hun.
Suriya: Olma, Midani, Shehioni, al-Huli, Kruma, Jenyat (Ayish, 60), Hamisha (Aniz, 78), Kavo (Mustafo, 84), Babuli (al-Bahir, 61), al-Mavas (Rihaniex, 77), Xrbin.
Janubiy Koreya: Shin Gyu, Ki Jin Su, Kvon, Kim Te Hvan, Hvan In Bom, Ho Payk, Li Son (Jin Kim, 90), Vu Yon (Kvon Chan Hun, 46), Gyu Son (Don Li, 69), Hvan Cho (Hi Kim, 90).
Ogohlantirishlar: Al-Mavas (36), Hvan In Bom (40), Midani (50).

Yaponiya — Saudiya Arabistoni 2:0
Gollar
: 1:0 — 32 Minamino, 2:0 — 50 Junya Ito.

Livan — Iroq 1:1
Gollar
: 0:1 — 40 Ayman Husseyn, 1:1 — 45+3 Maher Sabra.

Vetnam — Xitoy 3:1
Gollar
: 1:0 — 9 Ho Tan Tai, 2:0 — 17 Nguyen Tien Linh, 3:0 — 77 Phan Van Durk, 3:1 — 90+7 Xu Xin.

Eron — BAA 1:0
Gol
: 1:0 — 44 Mehdi Taremi.

Ummon — Avstraliya 2:2
Gollar
: 0:1 — 15 Jeymi Maklaren (penalti), 1:1 — 54 Abdulla Favaz, 1:2 — 79 Aaron Muy, 2:2 — 89 Abdulla Favaz (penalti).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.