Angliya kubogi. MYU sensatsion tarzda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi

Angliya kubogi. MYU sensatsion tarzda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi
Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan \"Manchester Yunayted\" - \"Midlsbro\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.

Dastlab, 24-daqiqada Sancho o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Kruks muvozanatni tikladi. Esktra taymlarda ham shu hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida \"qizil iblislar\" 7:8 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib turnirni tark etdi.

Manchester Yunayted – Midlsbro 1:1, pen. seriyasi 7:8
Gollar
: 1:0 – 25 Sancho, 1:1 – 64 Kruks.
Manchester Yunayted – Xenderson, Diogu Dalot, Varan (Jons, 90), Maguayr, Shou, Pogba (Fred, 82), Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Reshford (Elanga, 82), Sancho (Mata, 100).
Midlsbro – Lamli, Makneyr, Fray, Deykstel, Teylor (Pelter, 90), Xauson, Kruks (Payero, 79), Taverne, Jons (Bamba, 118), Shporar (Konnolli, 90), Balogun (Uotmor, 62).
Ogohlantirish: Pogba (42), Taverne (71), Fred (114).
Angliya kubogi. MYU sensatsion tarzda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.