"Ufa" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

"Ufa" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
“Ufa” klubi bosh murabbiyi Aleksey Stukalov bugun bo‘lib o‘tgan “Paxtakor”ga (1:1) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda biz shamolga qarshi o‘ynadik, natijada raqib hududiy ustunlikka ega bo‘ldi, bundan tashqari, o‘yinni to‘g‘ri qura olmadik. Ikkinchi bo‘limda, aksincha, biz hamma narsani to‘g‘ri qildik, raqibni o‘z darvozasi tomonda ushladik. Yagona narsa o‘zimiz yaratgan imkoniyatlarni golga aylantirish edi”, - dedi Stukalov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.