U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston - Eron uchrashuvi Qarshida, final esa "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi

U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston - Eron uchrashuvi Qarshida, final esa "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi
17 fevral kuni Toshkentdagi \"Bunyodkor\" stadionida U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan musobaqaga Toshkent va Qarshi shaharlari mezbonlik qiladi.

O‘yinlar \"Paxtakor\", \"Bunyodkor\", \"Lokomotiv\" va Qarshidagi \"Markaziy\" stadionda o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining dastlabki ikki uchrashuvini \"Paxtakor\" stadionida o‘tkazadi. Uchinchi turda esa Qarshidagi \"Markaziy\" stadion terma jamoamiz o‘yiniga mezbonlik qiladi. Final o‘yini esa \"Bunyodkor\" stadionida bo‘ladi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining taqvimi:

O‘zbekiston - Turkmaniston
1-iyun, 20:00. \"Paxtakor\" stadioni

Qatar - O‘zbekiston
4-iyun, 20:00. \"Paxtakor\" stadioni

O‘zbekiston - Eron
7 iyun, 22:00. Qarshidagi \"Markaziy\" stadion
U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston - Eron uchrashuvi Qarshida, final esa "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.