FIFA hamda UYEFA Rossiya terma jamoasi va klublarini halqaro musobaqalardan chetlatdi

Futbol tashkilotlari Rossiya terma jamoasi va klublarini halqaro musobaqalardan chetlatishga qaror qildi.
FIFA va UYEFAning qo‘shma bayonotida ma’lum qilinishicha, Rossiya terma jamoalari va klublari ushbu tashkilotlar o‘tkazayotgan musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
Shu tariqa, Rossiya termasi JCH-2022 saralash bahslarida o‘ynamaydi va Qatarda mezbonlik qiladigan mundialni o‘tkazib yuboradi.
\"Spartak\" jamoasi esa Yevropa ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan \"Leypsig\"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Nemis klubi to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!FIFA va UYEFAning qo‘shma bayonotida ma’lum qilinishicha, Rossiya terma jamoalari va klublari ushbu tashkilotlar o‘tkazayotgan musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
Shu tariqa, Rossiya termasi JCH-2022 saralash bahslarida o‘ynamaydi va Qatarda mezbonlik qiladigan mundialni o‘tkazib yuboradi.
\"Spartak\" jamoasi esa Yevropa ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan \"Leypsig\"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Nemis klubi to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













