Superliga. Poytaxt klubi ushbu mavsumda legionersiz o‘ynashga qaror qildi

Superliga. Poytaxt klubi ushbu mavsumda legionersiz o‘ynashga qaror qildi
O‘zbekistonda transfer oynasi rasman yopildi. Superliga klublari birin-ketin yangi mavsum oldidan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevning yozishicha, faqatgina \"Olimpik\" o‘z safiga legioner qo‘shib olmadi.

\"Superliga klublari orasidan xorijliklarni faqatgina \"Olimpik\" ro‘yxatdan o‘tkazmadi. Parij-2024 yo‘lida tashkil topgan jamoa chempionatni to‘liq mahalliy mutaxassis va futbolchilar bilan o‘tkazadi\", - deydi Imomxo‘jayev.

Ma’lumot uchun, \"Olimpik\" Superligani \"Surxon\"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.