Hamzat Chimaev hamda Gilbert Byorns jangi tasdiqlandi

UFC prezidenti Dana Uayt yarim oʻrta vazn (77.1 kg) toifasidagi shvetsiyalik Hamzat Chimaev (10-0) va braziliyalik Gilbert Byorns (20-4) oʻrtasidagi jang oʻtkazilishini e'lon qildi.
Jang 9 aprel kuni markaziy toʻqnashuvi Aleks Volkanovski (23-1) va \"Koreyalik zombi\" Chan Sun Jung (17-6) oʻrtasida boʻlgan \"UFC 273\" turniri doirasida boʻlib oʻtadi.
27 yoshli Chimaev oktyabr oyida \"UFC 267\" turnirida xitoylik Li Jinliangni (18-7) magʻlub etgandi. 35 yoshli Byorns esa iyul oyida hakamlarning yakdil qaroriga koʻra, Stiven Tompson (10-6-1) ustidan gʻalabaga erishgan.
Ma'lumot uchun, Chimaev yarim oʻrta vazn (77.1 kg) toifasi reytingida 11 -oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, Byorns 2-pogʻonadan oʻrin olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jang 9 aprel kuni markaziy toʻqnashuvi Aleks Volkanovski (23-1) va \"Koreyalik zombi\" Chan Sun Jung (17-6) oʻrtasida boʻlgan \"UFC 273\" turniri doirasida boʻlib oʻtadi.
27 yoshli Chimaev oktyabr oyida \"UFC 267\" turnirida xitoylik Li Jinliangni (18-7) magʻlub etgandi. 35 yoshli Byorns esa iyul oyida hakamlarning yakdil qaroriga koʻra, Stiven Tompson (10-6-1) ustidan gʻalabaga erishgan.
Ma'lumot uchun, Chimaev yarim oʻrta vazn (77.1 kg) toifasi reytingida 11 -oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, Byorns 2-pogʻonadan oʻrin olgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













