Davron Fayziyev: Bugungi "Oltin to‘p" Benzemaniki!

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan \"Real\" - PSJ javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘ynidan keyin taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev \"Telegram\" kanalida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
\"Bugungi \"Oltin to‘p\" Benzemaniki. \"The Best\" Modrichniki. Murabbiylar jangida esa Anchelotti dars berdi. Pochettino, 2 to‘p farqqa ishonib ikkinchi bo‘limda yotib oldi. Mbappesi, Neymari, Messisi bilan bunday o‘ynagani uchun qahshatqich zarba qabul qildi.
\"Real\" Madrid yana bir bor xarakter namoyish etdi. Qizig‘i, hisob 3:1 (3:2) ligida ham aynan mezbonlar gol urishga intilishdi. PSJ yana orzusiga yetisha olmadi. \"Real\" Madrid chorakfinalda\", - deydi Fayziyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Bugungi \"Oltin to‘p\" Benzemaniki. \"The Best\" Modrichniki. Murabbiylar jangida esa Anchelotti dars berdi. Pochettino, 2 to‘p farqqa ishonib ikkinchi bo‘limda yotib oldi. Mbappesi, Neymari, Messisi bilan bunday o‘ynagani uchun qahshatqich zarba qabul qildi.
\"Real\" Madrid yana bir bor xarakter namoyish etdi. Qizig‘i, hisob 3:1 (3:2) ligida ham aynan mezbonlar gol urishga intilishdi. PSJ yana orzusiga yetisha olmadi. \"Real\" Madrid chorakfinalda\", - deydi Fayziyev.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













