Bahodir Jalolov yangi promouterlik shartnomasi imzoladi

Bahodir Jalolov yangi promouterlik shartnomasi imzoladi
Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Bahodir Jalolov. Probellum kompaniyasi bilan qo‘shma hamkorlik shartnomasi imzoladi. Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.

Jalolov Lou DiBella raxbarligidagi DiBella Entertainment kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Endilikda, bunga qo‘shimcha ravishda Probellum kompaniyasi bilan ham hamkorlik qiladi.

Bir necha kun oldin DiBella ham Probellum tarkibiga promouter sifatida qo‘shilgani e’lon qilingandi.

Richard Shefer tomondan 2021 yilda tashkil qilingan bu kompaniya havaskor boksda yuqori natijalarga erishgan bokschilarni o‘z tarkibiga qo‘shib, ularni professional yo‘nalishda jahon chempionlik kamari uchun olib chiqishni niyat qilgan.
Bahodir Jalolov yangi promouterlik shartnomasi imzoladi
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 18 mart kuni Dubay shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida polshalik Kamil Sokolovskiga (11-25, 4KO) qarshi jang o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.