«Baniyas»ni mag‘lub etgan "Nasaf" «So‘g‘diyona»ni OFK kubogi guruh bosqichiga olib chiqdi

«Baniyas»ni mag‘lub etgan "Nasaf" «So‘g‘diyona»ni OFK kubogi guruh bosqichiga olib chiqdi
\"Nasaf\" OCHL saralashida BAAning \"Baniyas\" jamoasini mag‘lub etdi va guruh bosqichiga yo‘l oldi. Shu orqali o‘tgan mavsum Superligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan \"So‘g‘diyona\" jamoasi OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

24-30 iyun kunlari Tojikistonning Dushanbe shahri \"E\" guruhi o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Unda Jizzaxning \"So‘g‘diyona\" jamoasi Tojikistonning SSKA, Turkmanistonning \"Oltin Asir\" va Qirg‘izistonning \"Neftchi\" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Qayd etish kerak, \"So‘g‘diyona\" o‘z tarixida ilk marta xalqaro turnirda ishtirok etadigan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.