Jaloliddin Masharipov jamoasi mashg‘ulotlariga qaytdi

Jaloliddin Masharipov jamoasi mashg‘ulotlariga qaytdi
Saudiya Arabistoni chempionati 24-turidan o‘rin olgan \"Al-Ittifoq\" va \"Al-Nassr\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda riyodliklar safida harakat qilgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

43-daqiqada hamyurtimiz raqib bilan to‘qnashuvda qoshini yorib oldi va o‘yinni davom ettira olmadi. Tekshiruvlarda Masharipovning yuz qismidagi jarohatdan tashqari, burun suyagi singani ham aniqlangandi.
Jaloliddin Masharipov jamoasi mashg‘ulotlariga qaytdi
Ayni paytda klub matbuot xizmati hamyurtimiz safga qaytganini ma’lum qildi. Masharipov jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Demak, jarohati jiddiy emas. U sheriklari bilan keyingi turga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.