Jaloliddin Masharipovning super goli jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

Jaloliddin Masharipovning super goli jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)
Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turidan o‘rin olgan \"Al-Nassr\" va \"Al Feyxa\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Jaloliddin 74-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda hamyurtimiz zaxirga olindi.

Ma’lumot uchun, \"Al-Nassr\" ushbu g‘alabadan keiyn ochkolar sonini 48 taga yetkazib, vaqtincha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.